Mandrake Linux O'rnatish Yo'l-Yo'riqlari - Mandrake Linux 10.0 Talab qilinadi * Pentium yoki unga mos protsessor * CDROM drayv * Kamida 32 MB RAM, 64 MB tavsiya qilinadi Mandrake Linuxni o'rnatish aksariyat hollarda O'rnatish diskini drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlash kabi oddiy vazifadir. 1-usulga qarang. QAYD: * Agar Mandrake Linuxning 7.x, 8.x yoki 9.x versiyalarini yangilasangiz, eski sistemangizning ehtiyot nusxasini olib qo'yishni unutmang. * Eskiroq (7.0dan oldingi) versiyalarni yangilash MUMKIN EMAS. Bunday holda yangilash emas, sistemani boshidan qayta o'rnatishingiz lozim. ============================================================================ Quyida Mandrake Linuxni o'rnatishning birnechta usullari berilgan: 1. To'g'ridan-to'g'ri CD yordamida boot qilish 2. Windowsda boot floppi diski yaratish 3. O'rnatishning boshqa usullari ============================================================================ 1. To'g'ridan-to'g'ri CD yordamida boot qilish O'rnatish CDROMi bootabledir. Ko'pincha CDni drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlashning o'zi kifoya. Ekranda ko'rsatilgan yo'l-yo'riqlarga amal qiling: o'rnatishni boshlash uchun [Enter] klavishini bosing, yoki qo'shimcha yordam uchun [F1] ni bosing. QAYD: Ba'zi ko'chma kompyuterlarda sistema CDdan boot qilmasligi mumkin. Shu hol ro'y bersa, ikkinchi CDdan boot qilishga urinib ko'ring: u ham bootable, faqat "xavfsizroq" boot jarayoniga ega. So'ralganda CDni o'zgartiring. Mabodo ikkinchi CD ham boot qilmasa, boot floppi tayyorlashingiz kerak bo'ladi. Tafsilotlarini 2-usuldan o'qing. ============================================================================ 2. Windowsda boot floppi diski yaratish Agar kompyuteringiz CDROMdan boot qilolmasa, quyidagi usulda Windowsda boot floppi yaratishingiz lozim: * CDROMni qo'ying, keyin "My Computer" ikonini oching va CDROM drayv ikoniga o'ng-kliklab, "Open" ni tanlang * "dosutils" katalogiga boring va "rawwritewin" ikoniga ikki-kliklang * floppi drayviga bo'sh floppi disk qo'ying * "Image File" fieldida "D:\images\cdrom.img" faylini tanlang (CDROM drayvingiz "D:" bo'lsa shu fayl tanlanadi, aks holda "D:" o'rniga kerakli harfni yozing) * "Floppy Drive" fieldida "A:"ni tanlab, "Write"ni kliklang. O'rnatishni boshlash uchun: * CDROMni drayvga, boot floppini ham o'z drayviga qo'ying, keyin * kompyuterni qayta boshlang. ============================================================================ 3. O'rnatishning boshqa usullari Mabodo ma'lum sabablarga ko'ra yuqorida keltirilgan usullar sizga to'g'ri kelmasa (tarmoq yoki pcmcia qurilmadan o'rnatmoqchi bo'lsangiz, yoki...), boot floppi yaratishingiz lozim: * Linux (yoki boshqa zamonaviy UNIX sistemasida) promptda yozing: $ dd if=xxxxx.img of=/dev/fd0 * Windowsda 2-usulda yozilgandek yarating, faqat cdrom.img o'rniga xxxxx.img (pastroqqa qarang) ishlating. * DOSda, CD drayvingiz D: deb olsak, bunday yozasiz: D:\> dosutils\rawrite.exe -f images\xxxxx.img -d A buyerda "xxxxx.img" quyidagi imagelardan biridir: +---------------+----------------------------------------------------+ | cdrom.img | CD-ROMdan o'rnatish | |---------------+----------------------------------------------------| | hd.img | hard-diskdan o'rnatish (Linux, Windows, yoki | | | ReiserFS fayl sistemasida) | |---------------+----------------------------------------------------| | network.img | ftp/nfs/http dan o'rnatish | |---------------+----------------------------------------------------| | pcmcia.img | pcmcia qurilmalardan o'rnatish | |---------------+----------------------------------------------------| | hdcdrom_usb.img | | | USBga ulangan hard-disk yoki cdromdan o'rnatish | |---------------+----------------------------------------------------| | network_gigabit_usb.img | | | gigabit yoki USB adapterli tarmoqdan o'rnatish | |---------------+----------------------------------------------------| | blank.img | mavjud Linux kernelingiz yordamida o'rnatish | +---------------+----------------------------------------------------+ `blank.img' faylini ishlatish uchun barcha zarur qo'llashlarni kernel imagega (modul sifatida emas) qo'shib, o'zingiz kerakli Linux kernelini quring. Keyin, `blank.img' faylidan floppi yaratgach, "vmlinuz" kernel imageingizni floppiga nusxalang. ============================================================================ Agar biron sababga ko'ra odatiy grafik usulda o'rnatishda muammo paydo bo'lsa, matnli usulga o'tish mumkin. Buning uchun Mandrake Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda "text" deb yozing. Agar mavjud Mandrake Linux sistemangizni qutqarish kerak bo'lsa, O'rnatish CDROMi (yoki tegishli floppini) qo'yib, Mandrake Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda "rescue" deb yozing. Qo'shimcha texnik ma'lumot uchun buyerni ko'ring: http://www.linux-mandrake.com/drakx/README ============================================================================ O'rnatishning asosiy bosqichlari quyidagilar: 1. O'rnatish CDROMini (yoki lozim bo'lsa O'rnatish floppi diskini) drayvga qo'ying va kompyuteringizni qayta boshlang. 2. Mandrake Linux birinchi ekrani paydo bo'lganda [Enter] ni bosing va diqqat bilan yo'l-yo'riqlarga amal qiling. 3. O'rnatish tugallangach CD-ROM chiqariladi, uni oling (boshqa floppi disklar drayvda bo'lsa ularni ham); kompyuteringiz qayta boshlanadi. Agar bunday qilgisi kelmasa, uni o'zingiz qiling. 4. Mandrake Linux boshlanadi. Sistema paydo bo'lgach, o'rnatish vaqtida qo'yganingiz yuzer sifatida, yoki "root" sifatida kompyuterga login qiling. Muhim qayd: "root" sizga Linuxda cheklanmagan huquqni beradi. Undan Linuxni sozlash yoki tuzatish uchungina foydalaning. Har kungi foydalanish uchun normal yuzer accountidan foydalaning, uni "userdrake" asbobi yoki "adduser" va "passwd" buyruqlari yordamida sozlash mumkin. Mandrake Linux bilan ishlashda omad tilaymiz ! ============================================================================ Qo'shimcha yordam uchun quyidagilarni ko'zdan kechiring: * E-Yordam http://www.mandrakeexpert.com/ * Mandrake Xato-Tuzatishlar http://www.mandrakelinux.com/en/errata.php3 * Mandrake Xavfsizlik Maslahatlari http://www.mandrakesecure.net/en/advisories/ * Onlayn Dokumentatsiya http://www.mandrakelinux.com/en/fdoc.php3 * Mandrake Klubining Onlayn Bahs Forumlarini o'qing va ishtirok eting: http://www.mandrakeclub.com/ * Mailing Listlar http://www.mandrakelinux.com/en/flists.php3 * Oson Izlanadigan Mailing List arxivlari http://marc.theaimsgroup.com/ * Internetdan Google yordamida izlash http://www.google.com/ * Usenet Groupsdan Google Groups yordamida izlash http://groups.google.com/ ============================================================================